“Tillaxon” xususiy korxonasi haqida

Bizning korxonamiz 1992 yili tashkil etilgan bolib, biz 2016 yilgacha non va non maxsulotlarini ishlab chiqarish va yog`ochga qayta ishlov berish bilan shug`ullanib kelgan edik. 2016 yil boshlarida biz korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish , yangi ishchi urinlarni yaratish, yangi daromad manbalarini ocish xaqida oylay boshladik. Bizning tumanimiz bog`dorcilik va uzumcilikka ixtisoslashtirilganligi sababli biz biznesimizni shu yo’nalishda rivojlantirishga axd qildik.

«Namanganni olmasi» xaqidagi qo’shiqni eshitmagan odamni o’zi bolmasa kerak, desak, mubolag`a bo’lmaydi. Usha mashxur «Namanganni olmasi » aynan Yaniqo’rg`on tumanida yetishtirilgan desak xam, adasmaymiz, chunki Yaniqo’rg`on tumanida mana 30 yildirki, texnik o’simliklar umuman yetishtirilmasligi, tuman bog`dorcilik va uzumcilikka ixtisoslashganligi ekologik toza maxsulot etishtiris imkonini beradi. Bizning tumanimiz geografik jixatdan qulay joylashganligi sababli, bu yerda nafaqat olmalar, balki boshqa meva va sabzavotlar xam o`zgacha bo`lib pishadi.

Biz oziq ovqatlar bozorini o’rganib chiqqandan so’ng, korxonamiz faoliyatini shu yonalishda rivojlantirishga axd qildik. Ma’lumot uchun quydailarni keltirisimiz mumkun: bizning sharoitimizda qayta ishlash vaqti qulupnay, malina va o’rik pishib yetilish davrida boshlanadi (may iyun oylari), undan keyin shaftoli, pomidor, olxo’ri, olcha (iyul –noyabr) gacha davom etadi. Olma va sabzavotlarini muzxonada saqlanishini tashkil etilgan xolatda, ularni buzilmasdan baxorgacha saqlanishini ta’minlash mumkin. Sharbat ishlab ciqarishdan oldin biz Uzbekistondagi mavjud sharbatlar bozorini o`rganib ciqib, xulosa qildikki, mamlkatimizda ishlab chiqarilayotan sharbatlarni aksariyati meva konsentratlaridan tayyorlanadi, ya’ni tabiiy konsentratga suv, shakar va qo’shimchalar qo’shish yo’li bilan ishlab chiqariladi. Biz bozorlarimiz uchun yanglik xisoblangan to’g`ridan to’g`ri siqib olingan sharbatlar ishlab chiqarishni boshladik, chunki bu sharbatlar mevalardagi barcha tabiy mikroelement va vitaminlarni saqlab bergan xolda, unga suv , shakar va boshqa qo’shimchalar umuman qushilmaydi.

Biz tumanimizda eng keng tarqalgan meva-olma sharbatlaridan boshlashga axd qildik. Buning bir nechta sabablari bor:

  1. Olma sharbati inson tanasidan radioaktiv moddalar va toksinlarni chiqarib yubirishga qodir bo’lgan tabiiy olma paketinini saqlaydi;
  2. Olma sharbati jigar, buyrak islashiga yaxsih ta’sir ko’rsatadi, inson qom bosimini normallashtiradi va oshqozon ichak trakti ishlashini yaxshilaydi.
  3. Olma sharbati mutlaqo zararli ta’sirlari bulmaganlii sababli, uni 3 oylikdan boshlab yosh bolalarga xam iste’molga tavsiya etiladi.
  4. Kerakli miqdorda istemol qilingan, tabiy sharbatlar inson salomatligini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Sharbatlar sizni aniq bir qaysidir kasallikdan tuzata olmaydi, lekin kasallikni oldini olishda sizga katta yordam berishi mumkin. Mavsumiy vitamin yetismasligiga esa, vitamin kompleksalarini o’rnini bosishi mumkin.

Yuqorilardan kelib chiqib, biz o'zimizni maxsulotimiz bilan Rio Fruits, turidan turi siqib olingan olma sharbatlarini ishlab chiqdik. Buning uchun biz Avstriya davlatlaridan Voran texnologiyasi sotib olib, o'rnatdik. Xozirda tabiy sharbatlarimiz Farg`ona vodiysi, Toshkent shaxri va boshqa viloyatlarda sotuvga qo`yildi.

Shuni xam takidlab utish kerakki, korxonamiz qishloq xujalik maxshulotlarini saqlash maqsadida Yangiqorg`on tumani Istiqlol k.f.y xududida 2700 tonna sig`imgia ega bolgan muzxona inshoatini qurib bitqazdik. Demakki, korxonammiz qihsloq xojalik maxsulotlarini butun yil davomida xaridorlarga yetqazib berib borish imkoniyatiga ega boldi. 2017 yil xosilidan etiboran biz zavodimmiz xududida quritilan meva sabzavotlar sexini yola qoyishni rajalashtiryapmiz.
Shu bilan bir qatorda sharbatlarimiz assortimentini kengaytirib, 2017 yildan boshlab «sabzi», «оlma+sabzi», «olma+qovoq», «olma+qovoq+lavlagi» sharbatlarini xaridorlara taqdim etmoqchimiz

scroll up