Mahsulot

Bizning korxonamizda xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan to'g’ridan to'g’ri siqib olingan sharbatlar bizni bozorlarimiz uchun yangilik hisoblanadi. Bu texnologiyani yana boshqacha qilib, sovuq xolatda siqib olish texnologiyasi deb ham yuritiladi. Xozirgi davrga kelib, statistik ma’lumotlarga ko’ra, faqat 2% ishlab chiqaruvchilargina tug’ridan tug’ri siqib olingan sharbatlar ishlab chiqaradilar.

Bu texnologiya bo’yicha sharbatlar fqatgina toza, sog’lom mevalardan olinadi va mevalar quyidagi texnologik bosqichlardan o’tkaziladi:

  1. Mevalarni yuvish
  2. Mevalarni maydalash
  3. Press orqali meva sharbatini siqib olish
  4. Pasterizatsiya
  5. Issiq holatida sharbatni paketlarga quyish

Bu texnologiya bo’yicha pasterizatsiya aynan 85 C da o’tkaziladi, chunki aynan shu haroratda sharbat zararli bakteriyalardan tozalangan holda barcha foydali vitamin va mikroelementlarni o’z ichida saqlab qoladi. Texnologiya bo’yicha bunday sharbatlarga suv, shaker va boshqa qo’shimcha va konservantlar umuman qo’shilmaydi

Bunday sharbatlar odatda xozirgi bozorlarimizda nisbatan yangilik bo’lgan Vitop kranchalari bilan jixozlangan Bag in Box paketlariga qadoqlanadi. Sababi, bunday qadoqlarda Vitop kranchalari qadoq ochilgandan so’ng ham ochilgan qadoq ichiga xavo kirishidan saqlaydi va shu orqali sharbatni o’z xolicha, achitmasdan saqlab beradi. Bu usul bilan qadoqlangan sharbat qadoq ochilgandan so’ng 1 oy mobaynida buzilmasdan saqlanishi mumkin

Xozirgi vaqtda bizning korxonamiz 3 litrli qadoqlarda to’g’ridan to’g’ri siqib olish texnologiyasi bo’yicha tayyorlangan Rio Fruits olma sharbatlarini ishlab chiqarmoqda. Bizning maxsulotimiz ekologik toza maxsulot deb atalishga xaqli, chunki bizning zavod joylashgan Yangiqo’rg’on tumanida mana 30 yildirki, texnik o’simliklar(paxta, makkajo’xori) umuman ekilmaydi, tumanimiz faqat bog’dorchilik va uzumchilikka ihtisoslashtirilgan, tumanimiz xududida yirik sanoat korxonalari yo’q.

scroll up